Bugungi kunda respublikamiz miqyosida 39 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lib, ularning yillik ishlab chiqarish quvvati 37,7 mln tonnani tashkil etadi.
Raqobat qo‘mitasi muntazam ravishda ichki bozorda sement realizatsiyasi holati doimiy tahlil qilib kelmoqda.
Joriy yilning 9 oy yakuni bo‘yicha birja savdolarida jami 5,9 mln tn sement mahsuloti qo‘yilib, shundan 4,6 mln tonnasi yoki 78 foizi sotilgan. Ta’kidlash joizki, mahsulotning sotilish narxlari boshlang‘ich narxlariga nisbatan keskin oshish holatlari aniqlanmadi. (536-537 ming so‘m tonnasi )
Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, sement ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotning kamida 50 foiz hajmini birja savdolari orqali realizatsiya qilish belgilangan. Shu munosabat bilan, barcha ishtirokchilarning birja savdolari orqali sotilayotgan sement mahsuloti narxlari monitoringi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan Raqobat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish va profilaktika ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.
Xususan, olib borilgan profilaktika tadbirlari natijasida, Andijon viloyatida joylashgan «Shangfeng-bridge of friendship» MCHJ Raqobat qonunchiligi talablari asosida faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.