#E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Raqobat qo‘mitasi hamkorligida xalqaro ekspertlar ishtirokida 2026-yil 26-iyun kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi kongresslar markazida “Global noaniqlik sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida raqobat siyosati choralari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Shuningdek, konferensiya doirasida joriy yil 25-iyunda Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazida xalqaro ekspertlar ishtirokida raqobatni rivojlantirish va bozorlar monopollashuviga qarshi kurashish sohalarida xorijiy amaliyot va tajribani o‘rganishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkaziladi.
Konferensiyada taniqli xalqaro ekspertlar, O‘zbekistondagi xalqaro moliya institutlari vakolatxonalari rahbarlari va ekspertlari, xorijiy davlatlarning hamkor raqobat organlari rahbarlari va vakillari, raqobat huquqi va iqtisodiyot sohasidagi akademik hamda ilmiy doira vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi kutilmoqda.








