Iste’mol krediti
Iste’mol krediti qarz oluvchi shaxslarga banklar yoki moliya instituti tomonidan ularning ehtiyojlari uchun beriladigan mablag‘lar hisoblanadi. Bank iste’mol krediti olgan shaxslarning xarajatlari va aniq maqsadiga qiziqmaydi. Ko‘pincha mijozlar iste’mol kreditini maishiy texnika, mebel, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurilish mollari sotib olish, turli xizmatlar yoki o‘qishga to‘lash uchun sarflaydilar.
Iste’mol kreditining xususiyatlari:
- Kredit shartnomasi asosida to‘lovning barcha shartlari aks ettirilgan holda
- Pul mablag‘lari bank tomonidan belgilanadigan foiz stavkasi bo‘yicha beriladi.
- Qarz oluvchi foiz stavkalari, to‘lovlar, kredit shartlari bilan oldindan tanishib chiqadi.
- Iste’mol krediti ma’lum bir vaqt uchun, odatda 1 yildan 3 yilgacha muddatga
Bo‘lib-bo‘lib to‘lash: “Hozir sotib oling, keyinroq to‘lang!”
Mebel, maishiy texnika do‘konlari, kiyim-kechak do‘konlari, poyabzal do‘konlari, kosmetika do‘konlari, zargarlik do‘konlari va boshqalar xaridorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash xizmatini taklif etadi. Bundan tashqari, sayohatlar va oilaviy tadbirlarni tashkil etish, aviachiptalar, tibbiy xizmatlar uchun ham bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.
Bo‘lib-bo‘lib to‘lovlarning o‘ziga xos xususiyati qo‘shimcha to‘lovlarning yo‘qligi. Odatda, sotuvchilar iloji boricha ko‘proq xaridorlarni jalb qilish uchun ushbu to‘lov shaklini taklif qilishadi. Iste’molchilarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash foizsiz deb aytiladigan holatlar ko‘p, lekin ko‘p hollarda tovarning narxini bir vaqtda to‘lab olganga nisbatan qimmatroq narxda hisoblanadi, iste’mol krediti kabi boshidanoq foizlar narxlarga kiritilgan yoki oxirida kichik foizlar qo‘shiladi hamda iste’molchi bularni sezmaydi.
Iste’molchilar uchun maslahatlar:
- Agar Siz ommaviy iste’mol tovarlarini (maishiy texnika, elektron uskunalar, kiyim-kechak) sotib olsangiz va sotuvchi tomonidan taklif qilingan muddatda qarzni to‘lashingiz mumkinligini tushunsangiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash rejasidan foydalanish foydalidir.
- Iste’mol kreditiga ariza berish ta’lim yoki mashina sotib olish kabi muhim maqsadlar uchun tavsiya etiladi. Oddiy qilib aytganda, bu bir yil ichida hal qilib bo‘lmaydigan katta xarajatlardir, chunki keyingi to‘lovlar haddan tashqari og‘ir bo‘ladi.
- Foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash bilan keyinchalik katta miqdorda qarzdor bo‘lib qolmaslik uchun har doim barcha xaridlarni tahlil qilib borish tavsiya etiladi.
- Iste’molchi uchun haqiqiy kredit yoki foizsiz to‘lovligini tekshirish, solishtirish va farqini bilish har doim muhim Shu sababli, bu haqida to‘liq va tushunarli ma’lumot berilishini talab qiling.