Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari va Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-Sammiti
Joriy yilning 4-sentabr sanasida Seul shahrida (Koreya Respublikasi) bo‘lib o‘tayotgan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari, Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining
1-Sammiti doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov o’z taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Ushbu Sammit doirasida raqobat sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari ishtirokida raqobat qonunchiligi va siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlar va tendensiyalar, shu jumladan, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashish va iste’mol bozorini nazorat qilish davlat xizmati rahbari Mammad Abbasbeyli hamda Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasi Siyosat bo‘yicha bosh kotibi Yok Sang Von bilan raqobatni himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasini amalga oshirish uchun tizimli muloqotni o‘rnatish, do‘stlik hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yangi bosqichga olib chiqish yo‘llari muhokama qilindi.