Xalqaro miqyosdagi Senteo Inc. konsalting-tadqiqot tashkiloti Respublikamizdagi tijorat banklarining iste’molchilari bilan munosabatlariga oid tadqiqot o‘tkazdi. Ushbu “Mijoz tajribasi indeksi” – Customer Experience Index tadqiqoti natijalari asosida banklar reytingi tuzildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan “Hyatt Regency Hotel” mehmonxonasida mazkur tadqiqot natijalari taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.
Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati va boshqa idoralar vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir mamlakatimizda bank xizmatlarini ko‘rsatish va iste’molchilar bilan ishlash sifatini yanada oshirishga ko‘maklashadi