Tadbirni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev kirish so’zlari bilan ochib berdi va qurilish materiallari, xususan sement ishlab chiqarish sohasida raqobat holati to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahodir Ismailov “Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatidagi islohotlar va istiqbolli rejalar” mavzuida taqdimot qildi.