Nazorat xaridlari davomida sifat talablariga javob bermagan 482 nomdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chakana savdo nuqtalarida sotilayotgan xalq iste’moli tovarlarining sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida nazorat xaridlari muntazam o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda tekshirilib, ularning davlat standartlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligi baholanmoqda. 2021–2025-yillar hamda 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida respublika bo‘yicha qariyb 2 600 nomdagi…