UY-JOY REKLAMA AXBOROTLARIDA NARXLARNI MILLIY VALYUTADA BERIShGA OID TALABINI BUZILIShIGA YO‘L QO‘YIB KELGAN AXBOROT RESURSLARIGA ChORA KO‘RILDI
Oxirgi vaqtda Qo‘mita tomonidan o‘tkazilayotgan monitoringlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) reklamalarida narxlarni xorijiy valyutalarda ko‘rsatish keng tarqalayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Uyjoylar,uz», «Buxoro Agentstva_Nest», «Qashqadaryo uylari N1», «Sirdaryo Uy Bozor», «Namangan Uylari», «Navoiy uylari| Navoiy uy bozor», «Uy Bozorim», «Hilolbozor,uz» hamda «Gulistonliklar Uy-Joy» telegram kanali…











