Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan “laboratoriya xizmati” uchun o‘tkazilgan 20 dan ortiq tanlovlarida faqat bitta firma g‘olib bo‘lib kelayotganligi holati bo‘yicha tanqidiy material e’lon qilingan. Mazkur holat bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi va dastlabki o‘rganish natijalari bo‘yicha, tegishli qonun buzilish holati alomatlari bilan…

Davlat mukofotlari – yoshlarga e’tibor va ishonch belgisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-iyundagi farmon va qaroriga muvofiq, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida bir guruh ilg‘or yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. 30-iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yigit-qizlarni…

TEMIRYO‘LDA YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATLARI BO‘YICHA QO‘MITA CHIQARGAN QAROR SUD INSTANSIYALARI TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANDI VA QONUNBUZILISh HOLATI BARTARAF ETILDI

TEMIRYO‘LDA YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATLARI BO‘YICHA QO‘MITA CHIQARGAN QAROR SUD INSTANSIYALARI TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANDI VA QONUNBUZILISh HOLATI BARTARAF ETILDI Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra (https://t.me/RaqobatGovUz/9151), «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ tomonidan  sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha umumiy hisobda jami 792 186 nafar iste’molchidan ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi. Qo‘mita mazkur…

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jamoasi nomidan axborotni tezkor yetkazish, dolzarb masalalarni yoritish va jamiyat fikrini shakllantirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha OAV vakillari, jurnalist hamda blogerlarni ushbu kasb bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizning izlanishlaringiz, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni jamiyatimiz oldidagi mas’uliyatni his qilgan…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich narxi 567,3 million so‘m bo‘lgan “Ertaklar olamiga sayohat” bayram tadbirini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan. Ushbu holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan dastlabki tahliliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari YOII sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 27-iyun kuni Minsk shahridagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdilar. Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini ta’minlash, ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlarning samarali…

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ijobiy hal etib borilmoqda Murojaatlar hududlar kesimida Andijon viloyati Fuqaro X.M. “O’zbegim” savdo markazidagi “Idea” do‘konidan muddatli to‘lov asosida telefon xarid qilgan. Telefon yaroqsiz bo‘lib chiqqan va qaytarilganiga qaramasdan, “IMAN Invest” kompaniyasi tomonidan 2 200 000 so‘m qaytarib berilmagan. O‘rganish natijasida, mazkur…

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari optimallashtirilishiga erishilmoqda

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari optimallashtirilishiga erishilmoqda Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan kelishish uchun taqdim etilayotgan narxlar vakolat doirasida o‘rganib chiqilmoqda. Xususan, 2023-2024-yillar davomida respublika davlat tibbiyot markazlari tomonidan Qo‘mitaga kelishish uchun kiritilgan narxlarning shakllanishi tahlil qilinganda, ushbu narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlar optimallashtirilishi hisobiga…

Tashqi reklamani tartibga solish: raqamli nazorat va amaliy yechimlar

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» DUK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlarida o‘quv seminarlari tashkil etildi. Hududlarda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda hokimliklar va sohaga aloqador tashkilot hamda tadbirkorlik subyektlari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi imkoniyatlari,ulardan to‘laqonli foydalanish hamda reklama konstruksiyalarini qonuniylashtirish bo‘yicha tegishli…

Shayxontohur va Qiziriq tuman hokimliklari hamda bir necha muassasa, korxona va tashkilotlarga nisbatan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi

Shayxontohur va Qiziriq tuman hokimliklari hamda bir necha muassasa, korxona va tashkilotlarga nisbatan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi Raqobat qo‘mitasi tomonidan iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinganligi masalalari yuzasidan doimiy monitoring tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan: Toshkent shahri Toshkent shahar hududiy…