O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama sheriklikni…











