Suv xoʻjaligidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 15-dekabr kuni suv xoʻjaligida energiya samaradorligini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ishlari yuzasidan axborot berildi. Avvalo, eskirgan va energiya sarfi yuqori nasos agregatlarini zamonaviy, energiya tejamkorlariga almashtirish boʻyicha rejalar koʻrib chiqildi. Masalan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 274 ta nasos stansiyasi mavjud boʻlib, ular orqali 185 ming gektardan ortiq yer maydonlari sugʻorilmoqda.…











