Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Fransiyaning Tuluza Iqtisodiyot maktabi o‘rtasida ikki tomonlama muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘z tashkilotlari faoliyati, erishilgan ilmiy natijalar va kelgusi yil uchun ustuvor loyihalar haqida fikr almashdilar. Hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, iqtisodiyot va raqobat sohasida…

Suv xoʻjaligidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 15-dekabr kuni suv xoʻjaligida energiya samaradorligini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ishlari yuzasidan axborot berildi. Avvalo, eskirgan va energiya sarfi yuqori nasos agregatlarini zamonaviy, energiya tejamkorlariga almashtirish boʻyicha rejalar koʻrib chiqildi. Masalan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 274 ta nasos stansiyasi mavjud boʻlib, ular orqali 185 ming gektardan ortiq yer maydonlari sugʻorilmoqda.…

“AJR QORA-SEDANA” BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHASI REKLAMASIDA QONUNBUZILISH HOLATLARI YUZASIDAN TEGISHLI CHORA KO‘RILDI

“AJR QORA-SEDANA” BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHASI REKLAMASIDA QONUNBUZILISH HOLATLARI YUZASIDAN TEGISHLI CHORA KO‘RILDI Ijtimoiy tarmoqlarda “AJR QORA-SEDANA” biologik faol qo‘shimchasining reklama qilingan videolari va postlarida mahsulotning turli kasalliklarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega ekanligi haqidagi asoslanmagan da’volar tarqatilgani aniqlandi. Xususan, mahsulot oshqozon kasalliklarini davolashi, qandli diabet, insult va infarkt xavfini kamaytirishi, nafas yo‘llari kasalliklari, yo‘tal va…

SCIENCE AND INNOVATION AWARDS – 2025 YILNING ENG YAXSHI ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI TOP-10 TALIGI E’LON QILINDI!

Mamlakat ilmiy hamjamiyati uchun nufuzli an’analardan biriga aylangan “Science and Innovation Awards – 2025” doirasida “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” nominatsiyasi bo‘yicha TOP-10 talik e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi ham o‘rin egalladi. Bu — markazning olib borgan ilmiy izlanishlari va amaliy natijalari yuqori baholanganidan dalolatdir.…

MANIPULYASIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UCHUN “CHUST BARAKA YOG‘ MOY” MCHJga NISBATAN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishining oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda. Qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida “CHUST BARAKA YOG‘ MOY” MCHJ tomonidan…

BYD UZBEKISTAN murojaati asosida “GASGO OIL” MCHJ QKga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

BYD UZBEKISTAN murojaati asosida “GASGO OIL” MCHJ QKga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI Raqobat qo‘mitasiga “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MCHJ QK murojaat qilib, “GASGO OIL” MCHJ QK tomonidan insofsiz raqobat va noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘yilganligini ma’lum qilgan. Mazkur murojaatda, “GASGO OIL” MCHJ QK o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirgan reklama roliklarida “BYD” brendiga nisbatan axloqsiz munosabatda bo‘lganligi…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik va ishonch xalqaro forumidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyevich Berdimuhamedovga va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi, qadrli birodarim, hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovga samimiy qabul va bugungi forumni yuksak darajada tashkil etgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman. Turkmaniston rahbariyatini va butun qardosh turkman xalqini milliy bayram – Doimiy betaraflik eʼlon qilinganining 30 yilligi bilan…

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI Raqobat qo‘mitasi tomonidan “RG Brands South” MCHJ XK tomonidan “Southhub” MCHJning 100 foiz ulushlarini olishi bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi. 🔘“RG Brands South” MCHJ XK oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot; 🔘“Southhub” MCHJ spirtsiz ichimliklar, mineral va boshqa turdagi ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi. Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi…

UMRA TADBIRINI TASHKIL ETISHGA OID REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda. Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi. Natijada, Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan jami 2 ta, ya’ni «PANORAMA TRAVEL» va «SHAFFOF KICHIKSOY» MChJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya…

Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari Qoʻshma bayonot imzoladilar

Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya Qoʻshma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, yetakchilar huzurida Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi doirasida bozorga kirish masalalari boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani toʻgʻrisidagi bayonnoma hamda Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.