Raqobat qo‘mitasi savdo xizmatlari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etmoqda.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo xizmatlar bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati misolida Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro M.A.ning murojaati ijobiy yechim topdi. Murojaatda Farg‘ona viloyati savdo do‘konidan muzlatgich (morozilka) xarid qilingani, mazkur mahsulotning o‘zbek tilida foydalanish uchun yo‘riqnomasi iste’molchiga taqdim…

“ZAMIN GREAT CITY” MChJ Qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga fuqaro tomonidan “ZAMIN GREAT CITY” MChJ bilan tuzilgan shartnoma yuzasidan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli turarjoydan 39,47 kv.m maydonga ega 2 xonali xonadonni sotib olish uchun 252 608 000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan. Shartnoma bo‘yicha qurilish muddati 2024-yil 4 chorak etib…

Reklama haqqoniy va ishonchli bo‘lishi lozim!

Bugungi kunda tovar va xizmatlarning reklamasi keskin faollashgan bo‘lib, bunda e’tiborni jalb etish uchun turli vositalardan keng foydalanilmoqda. Raqobat qo‘mitasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosini ta’minlovchi vakolatli organ hisoblanadi va reklama bozorida nomaqbul va ishonchsiz axborotlar berilishining oldini oladi. Xususan, reklama axborotidagi ma’lumotlar amaldagi holatga mos kelmasligi oqibatida fuqarolarga noto‘g‘ri axborot taqdim etilishi hamda ularda tovar…