Mo‘g‘uliston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan 21.06.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovichni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan 21.06.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovichni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga sayladi. To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovich 1972-yil 21-yanvarda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, «Do’stlik» ordeni sohibi. 1992-2008 yillar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda, xususan, Oliy sud sudyasi, Fuqarolik…

ISTE’MOLCHIGA 112 MLN SO‘M MABLAG‘ TO‘LIQ QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro «FAVORITE-SERVICE» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan norozi bo‘lib Raqobat qo‘mitasiga murojaat yo‘llagan. Fuqaro 2023-yilda TRACKER rusumli avtomashinasini sotib olish maqsadida shartnoma imzolagan va 112 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Biroq, oilaviy sharoiti tufayli, 2024-yilning 16-fevralida shartnomani bekor qilish va to‘langan mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida kompaniyaga murojaat qilgan. Murojaatdan so‘ng bir…