O‘zbekiston Prezidenti BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi. Suhbat avvalida Tatyana Molchan Prezidentimizga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Mintaqa va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish hamda o‘tgan yil noyabr oyida Boku shahrida BMTning…

O‘zbekiston Prezidenti O‘mon bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni qabul qildi. Uchrashuv boshida Qays al-Yusuf davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazdi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy…

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Valiahdi…

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini…

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

2-may kuni Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi. Suhbat avvalida Aqilbek Japarov O‘zbekiston yetakchisiga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni…

O‘zbekiston Prezidenti Singapur Parlamenti Spikerini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Singapur Respublikasi Parlamenti Spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi. Suhbat avvaldi parlament rahbari mamlakatimiz yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va forum yuksak darajada tashkil etilganini qayd etdi. O‘tgan bir yilda O‘zbekiston-Singapur munosabatlarida ulkan natijalarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikkita davlat tashrifi…

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Xalqaro kongress markazida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BMT…

Rasmiy munosabat

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Navbatdagi noinsof qurilish firmasi!!!” deb nomlangan sahifa ostida Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Gulobod mahallasi, “Roaf Art House” MCHJ qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma talablariga binoan 2021-yilda topshirilishi belgilangan. Ammo, xonadonlar o‘z egalariga topshirilmasdan kelinmoqda va fuqarolar mazkur qurilish firmasi rahbariyati bilan muzokara qilish uchun ularning ofisiga tashrif buyurganida, ushbu qurilish firmasi ko‘rsatilgan…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi

Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Avvalambor, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardimki, yildan-yilga yaxshi an’anaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qit’alaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlarimiz jam bo‘lmoqda. O‘tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni…

RASMIY MUNOSABAT  

 O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Begzod To‘revning Facebookdagi sahifasida 2024 -il 24 aprel kuni “Bolajon” telekanalida joylashtirilgan “Элевит® Пронаталь” reklamasiga oid e’tirozi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan, reklamada voyaga yetmaganlarning iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste’mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish, shuningdek…