Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov Surxondaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o‘tkazdi
Denov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi I.Abrorov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ta’lim, kredit, kommunal sohasida va yer ajratish to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar. Xususan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi S.Saidov xususiy bog‘cha ochish, G.Chochiyeva kredit olish, D.Raxmatova oilaviy bog‘cha ochishda bino…