Geologiyadagi muhim yo‘nalish ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojini ta’minlash uchun energetikaning barcha yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda. Jumladan, muayyan tarmoqlarda ko‘mirdan foydalanish qo‘l keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizdagi ko‘mir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani tashkil etadi. Bu imkoniyat ishga solinib, ko‘mir qazib olish hajmi izchil oshirib kelinmoqda. Xususan,…

O‘n beshta hududda IT-shaharcha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi. Davlatimiz rahbari bu haqda o‘tgan yili 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrifi chog‘ida topshiriq bergan edi. So‘nggi yillarda bu soha juda tez rivojlanib, mutaxassislar va xizmatlar ko‘payib bormoqda. Xususan, 2017-yilda yurtimizda IT kompaniyalar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa,…

Iste’molchilardan avia chiptalar bo’yicha kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolardan avia chiptalar bo’yicha murojaatlar kelib tushmoqda. Xususan, Muzrabot tumanida yashovchi fuqaro 2024-yil 8-aprel kuni «UTair» Aviakompaniyasi orqali Toshkent-Moskva yo‘nalishiga avia chipta xarid qilgan. Ma’lum bir sabablarga ko’ra fuqaro reysga parvozni amalga oshirolmaganligi sababli, fuqaro chipta uchun to’lagan 2 000 000 so‘m miqdoridagi pulini qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan. Shuningdek, Sariosiyo…

Joriy yilning 10-may kuni go’sht va sut mahsulotlarining narhlariga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish…

Joriy yilning 10-may kuni go’sht va sut mahsulotlarining narhlariga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning tizimli muammolarin o‘rganish maqsadida Qo‘mita raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik fermer xo‘jaliklarida o‘rganish ishlari olib bordi. Ishchi guruh Sayxunobod tumanida joylashgan “INTER MILK” MChJ, “NAVRO‘ZBOY” hamda “RAXMATILLA-CHORVADOR” fermer xo‘jaliklariga, shuningdek Sirdaryo…

Mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bandlik va aholi daromadini oshirish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi. Shu maqsadda ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Yangi-yangi loyihalar ishga tushirilmoqda. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga keng yo‘l ochilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, barcha hududlarda Sayxunobod tajribasi…

Investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha vazifalar ijrosi va kelgusi rejalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi va kelgusi rejalar yuzasidan hisobot berildi. Rossiya, Xitoy, Qatar, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari va investitsiya dasturlariga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Rossiya…

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda 3 million gektar yaylov va ekin yerlari degradatsiyaga uchragan, 2 million gektarga yaqini turli darajada sho‘rlangan. Xorijiy ekspertlar iqlim o‘zgarishi sababli 2030-yilga borib, mintaqamizda suv resurslari qariyb 6 foizga qisqarishini aytmoqda. Buning…

Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimizda ko‘plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tez fursatda ish o‘rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o‘rta korxonalar ham kerak. Bu borada eng katta imkoniyat mahalliy sanoat tarmoqlarida.…

Rasmiy munosabat

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Media24.uz” ning  “Telegram” rasmiy kanalida 2023 yil 29 aprel kuni “Sport” telekanalida joylashtirilgan “TBC” bank reklamasiga oid e’tirozi (https://t.me/media24uz/2380) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va reklama…

SAVOL: Mahsulotning yorlig‘ida GOST nimani anglatadi?

FUQARODAN SAVOL: – Mahsulotning yorlig‘ida GOST nimani anglatadi? JAVOB O‘z DSt (GOST) – O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti so‘zlarining bosh harflaridan olingan qisqartma hisoblanadi. Tegishli “DSt”lar ayrim sohalarda faoliyatning muayyan sohalariga ixtisoslashgan turli tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan davlat standartlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan…