Malayziya Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

O‘zbekiston-Malayziya sammiti yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Anvar Ibrohim Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdilar. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat yetakchilarining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qat’iy intilishining ramzi bo‘ldi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo’mita raisi o’rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo’mita raisi o’rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo’jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi. Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo’jalik…

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 17-may kuni Qo’mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir…

Joriy yilning 17-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi

Arnasoy tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Musanov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar marketpleysdagi narxlar, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar. Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish,…

O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini bildirdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar. Yetakchilar ochiq, ishonchli va do‘stona muhitda o‘tgan sammitning samarali natijalarini yuqori baholadilar. Davlatimiz rahbari ikki xalq o‘rtasidagi umumiy din, mushtarak urf-odat va qadriyatlarga asoslangan azaldan yaqin aloqalarni alohida ta’kidladi. – Malayziya nafaqat Janubi-Sharqiy Osiyoda,…

O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. Uchrashuv avvalida Malayziya Hukumati rahbari Prezidentimizga Malayziya Podshohi Sulton Ibrohimning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazib, delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq va samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi. Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali…

Malayziya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

17-may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan «Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi

Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi: agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa; agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa; agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa. Batafsil infografikada Qaror bilan tanishish (https://lex.uz/docs/6907023#6909985)