O‘zbekiston Prezidenti Qatar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Qatar delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Bosh vazir Muhammad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar…