O‘zbek va tojik xalqlarining do‘stligi tarannum etildi
Dushanbe shahridagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi” bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon konsertni birgalikda tomosha qildilar. Ikki mamlakat san’at ustalarining bunday konsertlari xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy va samimiy do‘stlikni ifodalovchi yaxshi an’anaga aylangan. Zero, mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusi va…