Yo‘lovchi vagonlari va sohadagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda temir yo‘l transporti rivojlanib, qatnovlar soni ko‘paymoqda. Bu vagonlarga bo‘lgan talabni ham oshiradi. Mazkur zavodda 16 turdagi yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqariladi va ta’mirlanadi. O‘tgan yili korxonada 32 ta yo‘lovchi vagoni tayyorlanib, 319 tasi ta’mirlangan. Muhimi, kooperatsiya orqali ehtiyot qismlarning 70 foizi mahalliylashtirilgan.…