IT-xizmatlar eksportini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda o‘tgan yili 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 1 ming 700 taga yetib, ularda 26 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida rezidentlar sonini 10 barobar…