O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga

Qadrli vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari! Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali o‘z hayotini qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlagan barcha zahmatkash insonlarni, butun xalqimizni qutlug‘ bayram – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu…

Taksi agregatorlari xizmatlari bozorida tahlil ishlari yakunlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oldinroq taksi agregatorlari xizmatlari bozorida o‘rganishlar o‘tkazilayotgani va uning natijalari e’lon qilinishi haqida ma’lumotlarimizda ham xabar berib o‘tgan edik. Shu bilan birga, Qo‘mita tomonidan yo‘lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozoridagi raqobat muhiti va tegishli bozor ishtirokchilari…

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Asosiy Qonunimizning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz. Albatta, bu yilgi bayram ijtimoiy-siyosiy hayotimizda, mamlakatimiz…

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy organlari tomonidan  Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan respublikamiz bo‘ylab “Ochiq eshiklar kuni” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabati bilan, viloyatdagi mas’ul tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida taklif etilgan ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda  korrupsiyaga…

Davlat xaridlari jarayonida qonun talablari buzilishi aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va prokuratura organi tomonidan       maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2022-yil hamda 2023-yilning o‘tgan davrida davlat xaridlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishda 2022-2023 yillarda jami 12 holatda 3625,9 mln so‘mlik davlat…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.youtube.com/watch?v=XOnukLS17rQ)  “Videomaterialda bloger Xorazm viloyatining yoqilg‘i quyish shaxobchalaridan birida quyilayotgan sifatsiz AI-95 markali benzin masalasidagi videomurojaatiga rasmiy munosabat bo‘lmagani sababli masalaga aniqlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga tashrif buyurgani aytilgan” murojaat qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum…

AGAR SIFATSIZ NON SOTILSA…

Ulbo‘sun Egamova, Forish tumanidagi “Uchquloch” mahalla raisi: – Ba’zida savdo do‘konlarida sifatsiz nonlar sotilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Aksariyat sotuvchilar qaytarib olib kelingan nonlarini qabul qilmasligini aytadi.  Odamlar ilojsiz sifatsiz mahsulotlarini chiqindiga tashlashyapti. Natijada bugungi kunda chiqindixonalar non mahsulotlariga to‘lib ketgan. O‘zi qonunda non va non mahsulotlari sotishga qanday talablar qo‘yilgan? Agar mahsulot sifatsiz bo‘lsa, almashtirib beriladimi?…

“Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati…

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy  tarmoqda (https://t.me/the_bakiroo/7304 ) “Oxirgi 2 oydagi 98 dollarga yetgan maksimumlarga nisbatan brend tipidagi neft kotirovkalari qariyb 20%ga, 79,5 dollargacha arzonlashgani, ammo O‘zbekistonda benzin narxlari aksincha qimmatlashayotgani aytilgan” mavzuida murojaat qoldirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda benzin yoqilg‘isining iste’molchilarga sotilishi holatlari doimiy tahlil qilib kelinmoqda. Tahlil jarayonida…