O‘zbekiston Prezidenti umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni mamlakatimizning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Tadbirda ushbu muhim investitsiya loyihalarning hamkorlari bo‘lgan “Masdar” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Jamol Al-Ramahiy, “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Yun, “China Energy International…