O‘zbekiston xalqi va Prezidentiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar

Xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga kirib kelayotgan 2024-yil munosabati bilan samimiy tabriklar yo‘llamoqda. Qutlovlarda mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Mamlakatimizning pragmatik tashqi siyosati yuqori samara berayotgani,…

“Halol va ochiq raqobatni rivojlantirish: muammo va yechimlar” va Qo’mita tizimida korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida targ’ibot tadbiri

Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib, quyidagilarni ma’lum qildi: “Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilganda, ayrimlar hayolida yana katta minbarda aytilgan umumiy gap, degan fikr paydo bo‘ldi, ayrimlar esa buni oxirgi ogohlantirish sifatida jiddiy qabul qilmadi. Lekin, yil natijalari, korrupsiyaga qarshi e’lon qilingan…

TURKIYA RAQOBAT ORGANI RAHBARI BIROL KYULE BILAN UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 7-chi yig‘ilish tadbirlari doirasida Raqobat    qo‘mitasi raisi o‘rinbosari  Farrux Karabayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Raqobat organi rahbari Birol Kyule bilan uchrashuv o‘tkazdi. Joriy yilning 25-26 dekabr kunlari o‘tkazilgan uchrashuvlarda  raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida hamkorliklar, tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda ilmiy izlanma va tadqiqotlarni qo‘llash va…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi jurnalist Shuhrat Shokirjonov kanalida 2023-yil 12-dekabr kuni e’lon qilingan “Bolajon” telekanalida joylashtirilgan reklamalarga oid e’tirozi (https://t.me/shokirjonov/5974?single) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Mazkur axborotda (postda) “Bolajon” telekanalida ovozli tanishuv portali reklamasi joylashtirilganligi ma’lum qilingan. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganlar olishi yoki iste’mol qilishi…

O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdilar

28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bir-birini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan dildan qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini bildirdilar. Davlatimiz rahbari…

Yangi yil bayrami arafasida Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida rahbariyat va xodimlar ishtirokida tantanali yig‘ilish o‘tkazildi va bu nafaqat muloqot vaqti, balki erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishning muhim bosqichiga aylandi.

Yangi yil bayrami arafasida Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida rahbariyat va xodimlar ishtirokida tantanali yig‘ilish o‘tkazildi va bu nafaqat muloqot vaqti, balki erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishning muhim bosqichiga aylandi. Yig‘ilishda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, 2023-yilda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan asosiy ishlar belgilab olindi. Rahbariyat har bir xodimning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan insofsiz raqobat amaliyotlari, til biriktirish va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish sohasida joriy yilning o’tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida infografik ma’lumot.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan insofsiz raqobat amaliyotlari, til biriktirish va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish sohasida joriy yilning o’tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida infografik ma’lumot. Ushbu soha yuzasidan Qo‘mitaga o‘tgan vaqt davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 220 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

O‘zbekiston Prezidenti umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni mamlakatimizning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Tadbirda ushbu muhim investitsiya loyihalarning hamkorlari bo‘lgan “Masdar” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Jamol Al-Ramahiy, “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Yun, “China Energy International…