O‘zbekiston Prezidenti Samarqandga keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.