«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, murakkab ish va iqlim sharoitlarida mineral boyliklarni samarali o‘zlashtirish, tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash, jahon andozalariga mos yangi korxonalarni tashkil etish borasidagi katta xizmatlari, ko‘pmillatli mehnat jamoasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:  …

Oliy Bosh Qo‘mondon harbiy qismdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar qo‘shinlarning jangovar salohiyati va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv binolari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport…

Prezident mahalladagi odamlarning daromadi va salomatligi bilan qiziqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi Sebzor mahallasida bo‘ldi. Bu yerda 7 ming 600 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. To‘rtta korxona, yigirmadan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida shu yerlik yoshlar doimiy ish bilan band. Mahalla ahli asosan bog‘dorchilik, chorvachilik va sabzavotchilik bilan shug‘ullanadi. O‘ttizdan ortiq dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.…

Surxondaryoda ichimlik suvi loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi

2021-yilda Termizda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoga alohida to‘xtalgan edi. O‘sha paytda hududda markazlashgan tarmoqlar orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 60 foiz atrofida edi. Prezidentimiz bu borada “To‘palang” suv ombori ulkan va toza manba ekanini ta’kidlab, uni aholiga yetkazish bo‘yicha loyiha tayyorlash vazifasini qo‘ygan edi. Haqiqatan ham,…

Sariosiyoda “Zarchob-3” kichik gidro elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ko‘paytirilmoqda. Jumladan, gidroenergetikada bir oqim orqali ko‘p marta “yashil energiya” hosil qilish mumkin. Shu bois Prezidentimizning 2017-yil 17-oktabrdagi qaroriga muvofiq, To‘palang daryosida kichik elektr stansiyalari ham qurildi. Xususan, 2020-yil dekabrda 37 megavattli “Zarchob-1” hamda 2021-yil sentyabrda 38 megavattli “Zarchob-2” GESlari ishga tushirildi. Bugungi kunda ularda 48 mingta xonadonga yetadigan elektr…

To‘palang GESdagi modernizatsiya ishlari ko‘zdan kechirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi To‘palang gidroelektr stansiyasiga borib, modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. Mamlakatimiz ham iqtisodiy, ham aholi soni jihatidan o‘sib, energetika quvvatlariga talab yildan-yilga ortmoqda. Buni ta’minlash maqsadida davlatimiz tomonidan barcha manbalar ishga solinmoqda. Jumladan, gidroenergetikani rivojlantirishga katta urg‘u berilayapti. So‘nggi yillarda 19 ta yangi gidro elektr stansiya barpo etildi, 13 tasi…

Surxondaryoda yirik gaz-kimyo majmuasi qurilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bo‘lib, “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi. Bu yerda gaz koni bir necha o‘n yillar oldin topilgan. Biroq geografiyasi murakkab bo‘lgani, o‘sha paytda zamonaviy texnologiya va mablag‘ bo‘lmagani uchun hech kim o‘zlashtirishga botinolmagan. Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati bilan bu borada amaliy qadamlar tashlandi. Davlatiiz rahbari 2019-yil aprel…

Ajdodlar merosi tinchlikni qadrlashga undaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Dastlab buyuk olim Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, Allohdan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duo o‘qildi. Ulamolar bilan suhbatda bugun dunyoda turli nizo va urushlar bo‘layotgani, begunoh insonlar qoni to‘kilayotgani afsus bilan qayd etildi. Bu yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik qadrini yanada teran anglatib, insonda…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlarida oziq-ovqat mahsulotlari…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlarida oziq-ovqat mahsulotlari (un, yog‘, go‘sht, sut, shakar va b.q.) mahalliy ishlab chiqaruvchilariga teng raqobat sharoitini yaratish va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida o‘rganish o‘tkazayotganligini ma’lum qiladi. Shu munosabat bilan, yirik savdo tarmoqlarida mahsulotni yetkazib beruvchi yoki yetkazib berish taklifi rad etilgan, jumladan quyidagi…

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturi keng ko‘lamli. Iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi ta’minoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga e’tibor qaratiladi.