Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va hosildorlikni oshirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyodagi bugungi ziddiyatlar, savdodagi cheklovlar iqtisodiyotda o‘z aksini topmay qolmaydi. Jumladan, bu omillar oziq-ovqat va to‘qimachilik eksportiga salbiy ta’sir qildi. Bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga…