O‘zbekiston Prezidenti “Meridiame” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Meridiame” kompaniyasi raisi Terri Do bilan uchrashdi. Kompaniya Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrikada infratuzilma sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. O‘n bitta mamlakatda ofislariga ega. Aktivlari – 18 milliard yevro. Uchrashuvda kompaniyaning “Yangi Toshkent”ni barpo etish doirasida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama…

O‘zbekiston Prezidenti “Semmaris” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “Semmaris” kompaniyasi raisi Stefan Layani bilan uchrashdi. Kompaniya yillik aylanmasi 9 milliard yevro bo‘lgan dunyodagi eng katta oziq-ovqat logistika markazining egasidir. Butun jahon bo‘ylab samarali ulgurji oziq-ovqat bozorlarini qurish va boshqarishda ilg‘or tajriba to‘plagan. Davlatimiz rahbari kompaniyaning Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlarida agrologistika majmualarini qurish borasidagi…

QO‘MITA XODIMLARI UCHUN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

Raqobatni rivojlantirish  va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari uchun «Fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlari» mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Treningda yuridik fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi  Feruza Muhiddinova jamoa xodimlari uchun joriy yilning 30-aprelidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining  “Mehnat kodeksi” va uning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, jamoaviy va oilaviy munosabatlarni mustahkamlash…

“Yangi raqobat qonunchiligi – raqobatni himoya qilishning zamonaviy huquqiy asosi” mavzusidagi о‘quv-seminarlar yakuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-son Farmoniga muvofiq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mahalliy ijroiya hokimiyati va boshqa davlat organlarining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli hududda joylashgan tovar…

“EDF” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “EDF” kompaniyasi raisi va bosh direktori Lyuk Remon bilan uchrashuv o‘tkazdi. «EDF» dunyodagi atom elektr stansiyalarini boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniya bo‘lib, aktivlari qiymati 427 milliard dollarni tashkil etadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Suhbatda Prezidentimiz kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryodagi…

O‘zbekiston Prezidenti «Orano» kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Orano» kompaniyasi raisi Klod Imoven bilan uchrashdi. “Orano” – uran va yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yirik kompaniyasi, aktivlari qiymati 29 milliard yevrodan ortiqni tashkil etadi. Uchrashuvda geologiya-qidiruv ishlari va uran qazib chiqarish borasidagi hamkorlikni kengaytirish…

O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Samarqand shahrida qo‘shma biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida ikki davlat rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida ham ushbu mamlakat ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashgan. O‘shanda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish yuzasidan aniq kelishuvlarga…

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Hujjatda ikki davlatning o‘zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish niyati qayd etilgan. Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holatiga hamda turli sohalarda davlatlararo munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollariga baho berilgan, tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga, dolzarb global…

O‘zbekiston va Fransiya delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, Fransiya Prezidentiga rasmiy shaxslar, yetakchi kompaniyalar rahbarlari, taniqli madaniyat va fan arboblaridan iborat nufuzli delegatsiya boshchiligida O‘zbekistonga kelgani uchun minnatdorlik bildirdi. – Bu sizning O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik va ko‘p qirrali…

O‘zbekiston va Fransiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib oldilar

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi Fransiya Prezidentining O‘zbekistonga oxirgi 30 yildagi ilk tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Emmanuel Makron davlatimiz rahbariga tashrif bilan kelish taklifi hamda Fransiya delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Fransiya…