Tabiiy gaz bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan 81 mlndan so‘m qarzdorlik fuqaroga to‘liq qayta hisob-kitob qilindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro T.A. murojaatida, xonadoniga “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minotining Urganch tuman filiali tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirish orqali 81 607 680 so‘m qarzdorlik hisoblanganligini, ammo bundan norozi ekanligini bildirib, ushbu holat yuzasidan amaliy yordam berishni so‘ragan. O‘rganishlar davomida fuqaro tomonidan o‘zining uyida tabiiy…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH sammitida ishtirok etdi

Amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan sammit ishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali…

Joriy yilning 1З-14-оktаbr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida Vazirliklar va idoralar rahbarlari…

Joriy yilning 1З-14-оktаbr kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi VаzirIаr Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shаhаr, tuman hokimlarining davlat tili bo’yicha maslahatchilari uchun respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi davlat tili bo‘yicha maslahatchilarning malakasini oshirish hamda faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdan iborat. Seminarning birinchi kunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar…

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni Bishkek shahrida o‘tayotgan MDH sammiti doirasida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yetakchilar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish…

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘izistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga keldi. “Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun Qirg‘iziston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada…

KREDITNI QAYTMASLIK XAVFINI SUG‘URTALASH UCHUN TO‘LANGAN PULLAR QANDAY HOLLARDA QAYTARILADI?

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatda fuqaro sug‘urta mukofotining foydalanilmagan qismini qaytarib ololmayotganligini bildirgan. Aniqroq qilib aytganda, мazkur murojaatda fuqaro “O‘zmilliybank” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan besh yillik muddatga avtokredit olganligi va kreditni qaytmaslik xavfi “Asko” sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urtalanganligi, fuqaro kredit qarzdorligini muddatidan avval…