O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Tojikiston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida bugungi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga erishilishida Emomali Rahmonning hissasi alohida…