O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar…

TADBIRKOR MUROJAATI ASOSIDA SUV TA’MINOTI UCHUN HISOBLANGAN ORTIQCHA MABLAG‘ QAYTA HISOB-KITOB QILIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir tadbirkorning muammosi hal etildi. Hududiy boshqarmaga “Luxury Apartments” MChJ QK tomonidan yo’llangan murojaatda, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ tomonidan jamiyatga suv ta’minoti uchun asossiz ortiqcha to’lov hisoblangani bildirilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan. Mazkur murojaatga asosan, hududiy boshqarma tomonidan o’rganish…

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: SUV HISOBLAGICHI

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: – Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi? MUTAXASSIS JAVOBI: Axrorxon AHMEDOV, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori 2-ilovasi 100-bandida Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim…

Murojaat va natija

FUQARONING PULLARI QAYTARIB BERILDI — Farg‘ona viloyatidagi yangi uylardan biriga to‘lov qilgan edim, 90 kun ichida qurilish bitkazilib, kvartira bizga topshirilishi kerak edi. Lekin o‘z vaqtida bitkazib berilmayapti… A.Z. Farg‘ona viloyati   Nodiraxon RAHMONQULOVA, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi: — Hududiy boshqarma mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilganda, iste’molchi…

QONUNGA ZID RAVISHDA O‘TKAZILGAN 4 MILLIARD SO‘MGA YAQIN TENDER SAVDOLARI BEKOR QILINDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan 2023-yil 14-iyunda 271197-sonli lot bilan boshlang‘ich qiymati 3 808 720 087 so‘mlik Navbahor tuman bo‘limi binosini ta’mirlash www.etender.uzex.uz  elektron portaliga joylashtirilgan e’lon asosida buyurtmachi xarid komissiyasining joriy yil 23-iyundagi elektron yig‘ilish bayoniga muvofiq, ishtirokchi “Quruvchi ta’mirchi-2019” MChJ elektron tanlov savdosi g‘olibi deb e’tirof etilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar…

ISTE’MOLCHIGA 66 MLN SO‘M MABLAG‘ QAYTARILIB BERILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro A.Soliyev, “Qurilish Montaj Kompressor” MChJ bilan Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy-joyning 32 m2   maydonga ega bo‘lgan xonadonni 24 oy ichida qurilib topshirilishi yuzasidan 2019-yilda rasmiylashtirilgan shartnomaga asosan dastlabki investitsion badal to‘lovi sifatida to‘langan…

Rasmiy munosabat

“Kun.uz” saytida “Mebelchidan “Oshpaz”gacha – quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha tenderlarni kimlar yutmoqda?” sarlavhasi ostida 2023-yil 7-avgustda chop etilgan tanqidiy maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish ishlari davomida maqolada keltirilgan buyurtmachilardan biri O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya…

Raqobat to‘g‘risidagi qonun: taklif va yechimlar

Sherzod SHODMONQULOV, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i.             Birinchidan, “Raqobat to‘g‘risi­da”gi Qonun o‘zida ilgari mavjud bo‘lmagan bir qator normalar­ni o‘zida aks ettirgani bilan o‘ziga xos hujjatdir. U amaldagi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qo­nunlarining birlashtirilishi natijasida yaratilgan bo‘lib, asosiy maqsadi raqobatga qarshi harakatlarning kamayishi, iqtiso­diy faoliyat erkinligi va iqtisodiyotda…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan “Zood Uzbekistandan mahsulot olishni maslahat bermayman. Umuman hechnimani hal qilisha olishmas ekan, “brak” mahsulotni yechimini dushanbadan buyon hal qila olishmaydi…” material yuzasidan  olib borilgan o‘rganishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi,…

Rasmiy munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “gazna1” telegram kanalida “Maktablarga kompyuterlar olib berish uchun o‘tkazilgan deyarli 50 mlrd so‘mlik tenderlar tanish bilishlarga berib yuborilganga o‘xshaydi” sarlavhasi ostida 2023-yil 24-iyunda chop etilgan tanqidiy maqola yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’minot va…