“ZOODPAY” XALQARO RAQAMLI PLATFORMASIGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan respublika hududida faoliyat yuritayotgan “Zoodpay” ( “Zoodpay” MChJ)  savdo belgisi ostidagi mikrokreditlash korxonasi ta’sischisi hisoblangan “Orientswiss Tashkent” MChJ QK ustav fondining 99,99 foiz ulushini monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan Birlashgan Arab Amirliklarida ro‘yxatdan o‘tgan “Zooduz Holding Limited” kompaniyasiga sotish bo‘yicha  bitim tuzilganligi holati…

ISTE’MOLCHINING «LAСETTI» AVTOMASHINASI BO’YICHA QO’MITAGA QILGAN MUROJAATI HAL ETILDI

Iste’molchi S.Q. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining «Call Center» orqali bir avto salon bilan shartnoma qilgani va shartnoma shartlari qo‘pol ravishda  buzilayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganildi. Iste’molchi avto salon bilan «Damas» avtomashinasiga shartnoma qilgan. Avtomashina yetkazib berilishiga bir kun qolganda avto salon…

PF-108 sonli «Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni.

PF-108 sonli «Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni. Unga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasining ayrim funksiyalari xususiy sektorga beriladi.

Raqobat muhiti: tahlil va choralar

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini hi­moya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy yilning birinchi yarmida zim­madagi vazifalar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Hisobot davrida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan project.gov.uz portali orqali Qo‘mita va uning hududiy organlariga tushgan 1242 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari­ning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan xulosalar tayyorlangan, shundan…

SAVDO OBYEKTIDAGI TAROZILARGA TALABLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qaroriga ko’ra: Tarozilar va boshqa o‘lchash vositalari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini ko‘radigan qilib o‘rnatilishi kerak. Tarozilarni peshtaxtaning fasadiga tomon burchak ostida o‘rnatish, ularning oldini tovarlar, darpardalar, inventar va boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi. Tarozilar har xil tebranishlar va zirillashlarga uchramaydigan mustahkam, barqaror gorizontal…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan joriy yil 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan. Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.