Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda:

– iste’molchilar huquqlarini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va to‘xtatish; – raqobat muhitini rivojlantirish, tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish; – tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini ta’minlash; – bozor ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 850-SONLI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI YANGI TAHRIRDAGI QONUNIDA BELGILANAYOTGAN ASOSIY QOIDALAR:

“Raqamli platforma”, “davlat ishtirokidagi korxona”, “davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari” kabi tushunchalar kiritilmoqda: Amaldagi qonunda raqamli platformalar operatorlarining raqobatni cheklovchi va iste’molchilarning manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga ta’qiqlar va davlatning tadbirkorlik faoliyatidagi  ishtirokiga talablar belgilanmagan. Raqobat sohasidagi asosiy prinsiplar belgilanmoqda: – Insofli raqobat, – qonuniylik, – iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, – shaffoflik, tenglik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli rais! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida barcha ishtirokchilarni samimiy qutlashdan mamnunman. Hindiston Respublikasi Bosh vaziri janob Narendra Modiga bugungi uchrashuvimizni tashkil etgani uchun bildirilgan barcha minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Hindistonning SHHTga birinchi raisligi muvaffaqiyatli bo‘lganini qayd etamiz. Samarqand sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ko‘p qirrali hamkorligimiz jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tmoqchiman.…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI 850-SONLI «RAQOBAT TO’G’RISIDA»GI QONUNI 2023-YIL 3-IYUL KUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN IMZOLANDI.

Yangi tahrirdagi Qonun 9 ta bob va 49 ta moddadan iborat. Qonunni ishlab chiqishda mas’ul idoralardan ko‘plab ekspert va mutaxassislar ishtirok etgan. Qonunni ishlab chiqishda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining jami 38 ta tavsiyasi inobatga olindi (shu jumladan Jahon bankining 26 ta, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 11 ta va Osiyo taraqqiyot bankining 1 ta tavsiyalari).…

O‘zbekiston Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy…

O‘zbekiston Prezidenti YEXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bo‘lajak prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari YXHT bilan konstruktiv muloqot, faol almashinuvlar, ochiq va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini katta…

«Yalla» ansamblining ijodiy jamoasini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zining yorqin iste’dodi, yuksak professional mahorati, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o‘zbek estrada san’atini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalar, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta  hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga…