Do‘stlar va hamkorlardan samimiy qutlovlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda. Xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisini samimiy qutlar ekan, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda. Tabriknomalarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish va yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil…