Prezident Toshkentdagi infratuzilma loyihalarini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. So‘nggi yillarda Tashkent city majmuasida ulkan inshootlar barpo etildi. Ayni paytda uning “Paxtakor” metro bekati tarafida yirik savdo markazi qurilmoqda. Davlatimiz rahbari bu yerda bo‘lib, piyodalar va avtomobillar uchun sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kelgusida harakat yanada ko‘payishini inobatga olib, Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida…