ISTE’MOLCHIGA SUG‘URTA TOVONI UNDIRIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti veb sayti orqali Hazorasp tumanida istiqomat qilayotgan fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda fuqaro, 14.02.2023 yilda sug‘urta kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganligi shartnoma shartlariga asosan sug‘urta polisi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan “COBALT” rusumli avtomobil o‘z o‘zidan yonib ketganligi sababli, sug‘urta…

RAQOBAT QO‘MITASI FUQAROLIK, MAʼMURIY HAMDA IQTISODIY SUDLARGA MUROJAAT QILISH CHOG‘IDA DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD ETILDI

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–855, 13.07.2023-y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan…

«RAQOBAT TO‘G‘RISIDA»GI QONUNGA KIRITILGAN O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonuniga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar borasidagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Batafsil «O‘zbekiston 24» telekanalida

O‘zbekiston Prezidenti Jiddaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakatimiz yetakchisini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo –…

O‘zbekiston Prezidenti Jiddaga jo‘nab ketdi

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi. Tadbir doirasida qator…