Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni oila a’zolari bilan birga Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi. Ma’lumki, joriy yil 30-aprelda bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilindi. Unda huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy tamoyillar yanada mustahkamlanib, davlatning…