Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish choralari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilab qo‘yildi. Bu boradagi eng katta sohalardan biri ta’limdir. Uni izchil rivojlantirish maqsadida, ma’muriy islohotlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi. Tizimni tarkibiy maqbullashtirish, zamonaviy dasturlarni joriy…