O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Sian shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12-may kuni Toshkent shahrida…