Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan 2023 yil avgust-dekabr oylarida axborot xizmatlari xodimlari, jurnalist, blogerlar uchun rejalashtirilgan media-treninglar rejasiga asosan 2024 yil 25 yanvarda ZOOM orqali Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining matbuotga mas’ul xodimlari uchun “Davlat organlari faoliyati yuzasidan vujudga kelishi mumkun bo‘lgan tanqidiy xavfni tahlil qilish va unga qarshi kurashish strategiyasi” mavzuida trening tashkil etildi.
Mediasavodxonlik, huquqiy bilim va malaka oshirishga qaratilgan mazkur seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berib o‘tildi. Shuningdek, raqobat, davlat xaridlari, tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilish va tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish masalalari haqida tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar orqali nomuayyan iste’molchilardan tushgan murojaatlarning yechimini yoritish haqida fikrlar bildirildi.
Trening qiziqarli savol-javoblar asnosida o‘tdi.