Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish boshqarmasi:

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan:

– shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali iqtisodiy konsentratsiyani nazorat qiladi;

– davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish orqali davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

– shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir bitimlarga, davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga oldindan rozilik olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahat beradi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yil davomida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir jami 30 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlar natijalariga ko‘ra, 21 ta xolat bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berildi, 1 tasi bo‘yicha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yig‘im belgilangan muddatda to‘lanmaganligi uchun maxsus komissiyasining rozilik berish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi hamda 8 tasi bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab etilmasligi tushuntirildi.

Kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo‘mita tomonidan jami
826 mlrd. so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 28 foizi, ya’ni
234 mlrd. so‘mlik (18,8 mln. AQSh doll.) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmonining 2-bandi “g” kichik bandiga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarni va davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 86 ta murojaat kelib tushdi. Shundan, 5 ta holatda tovar bozori rivojlanmaganligi sababli davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni hamda 9 ta holatda davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) rozilik berildi hamda 72 ta holatda davlat ishtirokidagi korxona va davlat muassasasi tashkil etilishiga oldindan rozilik olish shart emasligi sababli rozilik talab etilmasligi to‘g‘risida xat yuborildi.

 

T/r Davlat xizmatlari nomi 2024 yil davomida
Ko‘rib chiqilgan murojaatlar soni Shundan
Oldindan rozilik berilgani Rozilik talab etilmasligi to‘g‘risida xat yuborilgan Rozilik berish rad etilgan
1 Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir bitimlar 10 3 6 1
2 Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidan (kapitalidan) aksiya va ulushlarini olish 20 18 2 0
x Jami 30 21 8 1