Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi ichki audit xizmatining 2026-yil III chorak faoliyati natijalari boʻyicha
HISOBOTI
- Umumiy maʼlumotlar.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Ichki audit xizmati 1 ta shtat birligidan iborat bo‘lib, mazkur lavozimni professional ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lgan bosh mutaxassis egallab kelmoqda. Qo‘mita tizimida markaziy apparat, 14 ta hududiy boshqarma hamda 2 ta tizim tashkiloti mavjud bo‘lib, jami 17 ta bo‘linma va tashkilotning faoliyati ichki audit xizmati tomonidan qamrab olinadi
Ma’lumot uchun: Qo‘mitaning 2025-yil 22-dekabrdagi 311-SHT-son hamda 2026-yildagi 100-SHT-son buyruqlariga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab Qo‘mita markaziy apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasi joriy etildi. Mazkur tuzilmaga asosan Ichki audit xizmati mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida tashkil etildi.
- Ichki audit yillik rejasida tasdiqlangan ichki audit tadbirlarining hisobot davrida rejalashtirilgan qismining bajarilishi holati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 63-son buyrug‘iga bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2022 yil 27 dekabrda 3406-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish Qo‘llanmasi”ga hamda Vazirlikning 2022-yil 3-oktyabrdagi 52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki audit milliy standartlari”ga asosan ichki audit obyektlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, 2026-yil III chorakda Qo‘mita markaziy apparatida hamda Jizzax viloyati hududiy boshqarmalarida ichki audit tadbirlari o‘tkazilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Shunga ko‘ra, ichki audit tadbirlari reja-grafigi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
Mazkur reja-grafikka muvofiq, Qo‘mitaning 2026-yil III chorak uchun budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari ijrosi yuzasidan asoslantirilgan hisobotlarni baholash, shuningdek Jizzax viloyati hududiy boshqarmalarida ichki audit tadbirlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Grafikda nazarda tutilgan tadbirlarning to‘liq bajarilishi ta’minlandi.
Mazkur o‘tkazilgan Ichki audit tadbirlari davomida asosan ichki audit obyektidagi buxgalteriya hisobining yuritilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan jami 10 holatda 51,8 mln. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, shundan 1 holatda 19,6 mln. so‘mlik noqonuniy xarajatlarning oldi olinishiga erishildi.
Bundan tashqari, o‘tkazilgan masofaviy audit tadbirlari natijasida Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 1 ta holatda “Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqisini UzASBO va Soliq organlari ma’lumotlari bazasini o’zaro solishtirish” risk yo‘nalishi bo‘yicha 15,5 mln so‘mlik soliq hisobotlaridagi farqlar aniqlanib bartaraf etildi.
Ushbu aniqlangan moliyaviy xato kamchiliklarning yuzaga kelishining asosiy sababi ichki audit obyekti bosh hisobchisining buxgalteriya hisobining yuritilishi, mehnatga haq to‘lanishi hamda xizmat safari xarajatlarining to‘lanishi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘rganib chiqmaganligi, shuningdek oxirgi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishmaganligi oqibatida yuqoridagi moliyaviy xato kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
- Hisobot davrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hisobot davrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari mavjud emas.
- Ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
2026-yil Ichki audit III chorak rejasiga ko’ra o‘tkazilgan ichki audit tadbiriga muvofiq, 2026-yil III chorak davomida ichki audit tadbirlari natijasida berilgan 9 ta taklif va tavsiyalarning bajarilishi yuzasidan ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, shundan 7 ta taklif va tavsiyalar hisobot davrida bajarildi.
- Davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa va tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarning monitoringi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmagan.
- Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash natijalari.
Hisobot davri yakuni bo‘yicha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi Ichki audit xizmati xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash natijasi yuzasidan yig‘ma ko‘rsatkich 96 % ni (“a’lo”) tashkil etdi. Jumladan: Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalari
30 %, Masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalar 30%, Ichki audit yillik rejasida xodim masʼul boʻlgan ichki audit tadbirlarining oʻtkazilishi 20%, Berilgan taklif va tavsiyalarning ijrosi 16 % ni tashkil etdi.

