Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Raqobat Tarmog‘ining navbatdagi 21-yillik konferensiyasi davom etmoqda. Konferensiyada ishtirok etayotgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahodir Yusupjanov konferensiya doirasida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining (OESR) raqobat bo‘yicha katta eksperti Sabin Zigelski bilan muzokara o‘tkazdi.
Ushbu muzokaralar davomida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining (OESR) hamda Monopoliyaga qarshi kurashish bilan hamkorligida start berilgan “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar kelishib olindi.