2024-yil 2-may kuni Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.
3-maygacha davom etadigan tadbirda 84 ta davlatdan qariyb 2500 kishi, jumladan, BMT, YETTB, OPEK, SHHT kabi xalqaro tashkilotlardan mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
Forum mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rsatish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni kelishish uchun qulay maydondir.