Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Termiz Davlat Pedagogika instituti tomonidan 2024-yil 11-iyulda boshlang‘ich qiymati 2 mlrd so‘mlik o‘tkazilgan tender savdosi yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Qo‘mita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan o‘rganishda, Buyurtmachi (Termiz Davlat Pedagogika instituti) tomonidan institutining yangi qurilayotgan o‘quv binosiga mebellar xarid qilish uchun boshlang‘ich qiymati 2 002 382 125 so‘mlik tanlov savdosi o‘tkazilgan. Mazkur tender savdosida, buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) tomonidan ishtirokchilar (“STEKLOPLASTIK” MChJ, “GLOBAL TEX PROM SERVIS” MChJ,“ MUHAMMADALI SAVDO SANOAT SERVIS” MChJ, “FAROVON-FAYZ” XK, “NEATEST” MChJ va “OMAD XAMROX MEZON” MChJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini nisbiy qiymati ishlab chiqilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ishni ko‘rib chiqish natijasida, «Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Buyurtmachiga (Termiz Davlat Pedagogika instituti) nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha Qo‘mita ko‘rsatmasi bilan tender savdosi natijalari bekor qilindi.
Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarini o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring ishlari olib bormoqda.