Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo’mita raisi o’rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi.
Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo’jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi.
Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo’jalik yurituvchi subyekt vakillari qanday xollarda iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olinishi va uning qanday shartlari mavjudligi,ustun mavqega va ustn muzokara kuchiga ega deb topish va uning shakllari, yuqori likvidli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladigan mahsulotlarning mezonlarini aniqlash tartibi va boshqa ko’plab o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Misol uchun, murojaatlar davomida B.Qodirovning birja savdolari, L.Aminovning korporativ buyurtmalar, F.Nasriddinovning issiqlik energiyasi narxlari borasidagi murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi.