O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring ishlari olib borilmoqda.Bu yuzasidan qo‘mitning rasmiy veb-sayti orqali tahliliy materiallar e’lon qilindi.
Qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tomonidan Autsorsing oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov savdosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Xususan, 19.12.2023-yilda Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tomonidan Autsorsing oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov savdosida “NAMANGANGO‘SHT” MChJ (1 500,0 mln so‘m), “BRAND MEAT” MChJ (1 500,0 mln so‘m) tomonidan tanlov takliflari topshirilgan bo‘lib, komissiya tomonidan “NAMANGANGO‘SHT” MChJ g‘olib deb topilgan.
O‘rganishlarda yuqoridagi holatda markaz tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan tender qonunchilik talablariga muvofiq shakllantirilmagani ayon bo‘ldi. Shu bois yakuniy natijalari bekor qilingan va ushbu tender savdolari o‘tkazilmaganligini ma’lum qilamiz.