Fuqaro Raxmatilla Azimovning ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi “Grain Island” MChJga qarashli AGKTShda har 1 m3 miqdoridagi tabiiy siqilgan (metan) gazni 2900 so‘mdan sotilayotganligi yuzasidan “Kusherbayevga murojaat” telegram kanaliga yo’llagan murojaati Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida AGKTShga murojaat qilinganda, ish vaqti rejimi qisqarganligi, tabiiy gaz yetkazib berish hajmi qisqarganligi AGKTSh xarajatlarining oshishiga, natijada narxlar o‘zgarganligi ma’lum qilindi.
Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan narxlarning oshishini oldini olish maqsadida tegishli tashkilot va muassasalar bilan AGKTShlarga belgilangan limitlar hajmlarini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
AGKTSh rahbari ham o‘z navbatida AGKTShlarga 2023-yil yanvar oyidan boshlab limitlar oshirilishi munosabati bilan (metan) gazni narxi oldingi narxlarda sotilishini takidladi.
Shu bilan birga, AGKTSh rahbariga narxlarni asossiz oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi, narxlarning asossiz oshish holatlari hududiy boshqarma tomonidan alohida nazoratga olinganligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.