Aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan joylarda o‘quv seminarlari va uchrashuvlar tashkil etildi.
📍 NAMANGAN VILOYATI
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Quymozor», Uychi tumanidagi «G‘ayrat» va «Xizirobod», Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «Bunyodkor» va «Qo‘riq» hamda Chust tumanidagi «Pansada», «Birlik» va «Sadacha» mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining huquqiy bilimi va moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan seminarlar o‘tkazildi.Tadbirларда tovar va xizmatlarni xarid qilishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, shartnoma shartlarini o‘rganish hamda iste’molchilarning huquqlarini qonuniy himoya qilish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob va tavsiyalar olishdi.
📍 QASHQADARYO VILOYATI
Nishon tumanidagi «Gulzor», «Nishon» va «Yoshlar diyori», Qarshi shahridagi «Haramjo‘y» va «Qo‘rg‘oncha» mahalla fuqarolar yig‘inlarida iste’molchilar huquqlari va moliyaviy savodxonlik masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etildi.Uchrashuvlarda aholiga iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatsiz mahsulot yoki xizmatga duch kelganda murojaat qilish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, shaxsiy va oilaviy budjetni shakllantirish, daromad va xarajatlarni rejalashtirish hamda moliyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlari uchun ham «Moliyaviy savodxonlik — barqaror moliyaviy kelajak asosi» mavzusida seminar o‘tkazilib, kredit va boshqa moliyaviy majburiyatlarni qabul qilishda e’tiborli bo‘lish, moliyaviy xavflar va firibgarlikdan himoyalanish masalalari yoritildi.
📍 SAMARQAND VILOYATI
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahri va Samarqand tumanida aholining, xususan, uy bekalarining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etildi.Uchrashuvlarda iste’molchilarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, tovar va xizmatlarni tanlash, shartnoma shartlarini o‘rganish, to‘lov hujjatlarini saqlash hamda huquqlar buzilganda qonuniy himoya mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📍 TOSHKENT VILOYATI
Oila va xotin-qizlar sohasidagi hududiy tuzilmalar bilan hamkorlikda Ohangaron shahridagi «Yoshlik» va «Adolat», Nurafshon shahridagi «Taraqqiyot» va «Ma’rifat», Olmaliq shahridagi «Hilol» va «Toshkent» hamda O‘rtachirchiq tumanidagi «Xalqobod», «A. Yo‘lbarisov» va «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.Tadbirларда aholining, ayniqsa, uy bekalari va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qiyin vaziyatga tushgan xotin-qizlarning huquqiy xabardorligini oshirishga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga shartnomaviy munosabatlarda iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda moliyaviy xavflarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Raqobat qo‘mitasi barcha fuqarolarni iste’molchilik madaniyatini oshirishga va o‘z huquqlarini bilishga chorlaydi!








